Yekaterinburg sut zavodi sohibi Yuriy Okunev ikkinchi gazonni o‘z mablag‘lari hisobidan Shveysariya namunasi bo‘yicha jihozlay boshadi. Bu safar gazon yotqizish maydonchasi Gogol ko‘chasidagi maydon bo‘ldi, deb yozadi TJournal.
Okunevning so‘zlariga qaraganda, birinchi gazon jihozlangandan so‘ng uni shahar ma’muriyatiga taklif qilishgan. Ular biznesmenni tashabbus uchun maqtab qo‘yish bilan birga uning gazonini asos qilib olishni rejalashtirmayotganligi, chunki barcha ishlar maxsus ishlab chiqilgan davlat standartlari va qurilish me’yorlariga muvofiq olib borilayotganligini ta’kidlab o‘tgan.
Okunev loyihasiga federal mansabdorlar ham e’tibor qaratdi. Moskvada tadbirkor Rossiya qurilish vaziri o‘rinbosari Andrey Chibis bilan uchrashdi.
Ikkinchi gazonni jihozlash bilan Okunevdan tashqari yana besh kishi shug‘ullanmoqda. U bir nechta ishchini yollab, “Gazel” yuk mashinasini buyurtma qilgan va zarur inventarlarni xarid qilgan. Biznesmenning so‘zlariga qaraganda, bularning barchasi uchun u 30 ming rublga yaqin mablag‘ sarflagan.
Sentabr oyida Okunev Arxitektura akademiyasi talabalari bilan birgalikda Gogol va Malishev ko‘chalari kesishmasida birinchi gazonni Shveysariya namunasi bo‘yicha jihozlagan edi. Yekaterinburg ko‘chalaridagi loygarchilik loyihani ishga tushirishga asosiy sabab bo‘ldi. Okunev bordyur toshlari gidroizolyatsiya funksiyasini bajarib, gazondagi suvning yo‘lga tushishiga to‘sqinlik qilishi va loygarchilik yuzaga kelishining oldini olishi kerak deb hisoblaydi.
Izoh (0)