Saudiya Arabistoni xavfsizlik kuchlari Ar-Riyodda IShID bilan bog‘liq terrorchilar to‘dasini fosh etdi. Bu haqda mamlakat xavfsizlik xizmati 5-oktabr, payshanba kuni tarqatgan bayonotda ma’lum qilindi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Xavfsizlik kuchlari Ar-Riyodda IShID to‘dasini fosh etishga muvaffaq bo‘ldi. Operatsiya davomida 3 ta maxfiy boshpana yo‘q qilindi, ikki terrorchi o‘ldirildi, 5 kishi qo‘lga olindi”, — deyiladi xizmat xabarida.
Aniqlik kiritilishicha, jangarilardan biri taslim bo‘lish haqidagi talabni rad etganidan so‘ng otib o‘ldirildi, yana biri esa politsiya tomonidan qurshab olinganda o‘zini portlatib yubordi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)