Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi rahbari Veniamin Kondratyev ro‘yxatga olingan kazaklar qo‘shinlari bo‘yicha Butunrossiya forumida “Valentin kuni va Xellouin tabriknomalari” ustidan qozonilgan g‘alaba haqida e’lon qildi, deb yozadi “Yuga.ru”.
Hudud rahbari pedagogika muammolarini tilga oldi va “vatanparvarlik ruhidagi tarbiya tarix darslaridan boshlanishini, ammo bu biz uni faqat kitoblardan o‘qiymiz, degani emasligini, uni biz o‘zimiz yaratishimiz”ni ta’kidladi.
“Kazaklar mafkurasini zamonaviy hayotga ham tadqiq etish mumkin, biz buni o‘lkamiz misolida ko‘ryapmiz, — dedi Kondratyev. — Choy piyolasi bo‘sh bo‘la olmaydi. Agar unga o‘zimiz quymasak, boshqalar quyadi. Va bizning farzandlarimiz ulardan bosim ko‘radi”.
Izoh (0)