Turkiya harbiylari Suriyadagi tinch muzokaralar bo‘yicha kelishuv doirasida Idlibda joylashtiriladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
“Biz kim qayerda kuzatuvchilarni joylashtirishi bo‘yicha yerlarni taqsimladik. Bizning harbiylarimiz Idlib ichida joylashadi, Rossiya esa shahar tashqarisiga askar joylaydi”, — dedi Erdo‘g‘on Eronga rasmiy tashrifdan qaytish chog‘ida samolyotda jurnalistlar bilan uyushtirgan muloqot chog‘ida.
Rossiya va Turkiyaning deeskalatsiya zonalarini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar Anqarada bo‘lib o‘tgan edi. Uning yakuniga ko‘ra Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Suriyada urushni to‘xtatish uchun sharoitlar yaratilganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)