• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    O‘zbekistonga kelish uchun yetarlicha asoslari bor Ramzan Qodirov bilan suhbat

    O‘zbekistonlik jurnalist Ahmad Eshmatov Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov bilan suhbat uyushtirdi. Bu haqda uning o‘zi “Daryo”ga ma’lum qildi va suhbatini taqdim etdi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Bunda suhbat asosan O‘zbekiston va mamlakat sporti haqida borgan. Suhbat davomida Qodirov O‘zbekistonni qardosh mamlakat sifatida atab, u haqda faqat iliq fikrlar bildirgan.

    “Assalomu alaykum. Butun O‘zbekiston xalqiga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman”, — deb so‘z boshlagan Ramzan Qodirov. Quyida uning fikrlari bilan tanishish mumkin.

    O‘zbekiston dunyoning eng kuchli boks mamlakatlaridan biri. U havaskor boksda qanday natijalar qayd etayotganini ko‘rib turibman, bundan juda ham xursandman. O‘zbekiston qardosh mamlakat va bu yurtga nisbatan mehrim bo‘lakcha.

    Yurtingiz professional boksda ham chakki emas. Rossiyadagi professional boks kechalarida O‘zbekiston vakillarini tez-tez uchrataman. Ularning havaskor boksdagi poydevori mustahkam ekanligi ko‘rinib turibdi.

    O‘zbekiston erkin va yunon-rum kurashi, dzyudo yakkakurash turlarida ham jahonda o‘z o‘rniga ega. Undagi ko‘p sportchilarni nomma-nom bilaman, befarq emasman. Ularga omad va zafar yor bo‘lsin!

    Ramzan Qodirov, Checheniston prezidenti

    Qodirov suhbat davomida “Ahmat” promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlayotgan o‘zbekistonlik Nursulton Ro‘ziboyev va uning saviyasi haqida fikr bildirgan.
    Nursultonni ikki yildan buyon bilaman, janglarini kuzataman. Unda professional sportchiga xos barcha narsa bor. Kamtarin, raqiblariga nisbatan doimo hurmat saqlaydi. Shunday jangchilar bor, saviyasi past, lekin ringda o‘zini ahmoqlarcha tutadi. O‘ylaymanki, Nursultonning kelajagi porloq va u bilan hamkorligimiz uzoq vaqt davom etadi. Bu borada qanday yordam kerak bo‘lsa, men tayyorman.

    Ramzan Qodirov, Checheniston prezidenti

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Ruslan Chagayev boksdagi so‘nggi yillarini aynan Ramzan Qodirov yordamida o‘tkazgandi. Keyinroq u qo‘lqoplarini mixga ildi.

    Ruslan buyuk bokschi! Uning ringdagi natijalariga faqat havas qilish mumkin. Boksni tark etishi borasida bir nima deya olmayman. Bu uning qarori va tanlovi. O‘ylaymanki, bundan keyin ham uning boksga katta nafi tegadi. Balki kelajakda o‘zidan-da mohir shogirdlar yetishtirib berar...

    Ramzan Qodirov, Checheniston prezidenti

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Jurnalist MMA mavzusiga o‘tib, o‘z qarichi bilan Rossiyadagi uch maktab nomini sanab bergan: Kavkaz maktabi, Fyodor Yemelyanenko maktabi va Aleksandr Shlemenko maktabi. Biroq Ramzan Qodirov ham o‘z qarichlaridan chetlamay, ularning faqatgina 1 tasini — o‘ziga yaqinrog‘ini tan olgan.

    Faqatgina Kavkaz maktabi degan fikringizga qo‘shilaman. Chunki maktab umumiy tushuncha.

    Fyodor va Aleksandrning o‘zlari, keyinroq shogirdlari natija qayd etayotgani bor gap. Siz shundan kelib chiqib fikr bildiryapsiz. Lekin maktab va klubni aralashtirmagan bo‘lardim. Fyodor va Aleksandr juda kuchli jangchilar, ularga doim xayrixoh bo‘lib kelganman. Lekin ulardan avval ham Rossiyada MMA maktabi mavjud bo‘lgan. Kavkaz maktabi esa boshqa tushuncha.

    E’tibor bering, bu mintaqada ko‘plab respublikalar mavjud. Ular birgalikda o‘ziga xos maktab hosil qildi. Rossiya promoushenlari orasida Kavkaz va Sibir maktabi vakillari hozirgi kunda UFC’da yuqori natijalar qayd etmoqda.

    Ramzan Qodirov, Checheniston prezidenti

    Jurnalistning aytishicha, o‘tgan yil O‘zbekiston va Chechenistonning birinchi prezidentlari — Islom Karimov va Ahmad Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan professional boks musobaqasi o‘tkazilgan. Biroq unga Checheniston vakillari tashrif buyurmagan.
    Islom Abdug‘aniyevichni shaxsan qattiq hurmat qilardim, Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin!

    Bu musobaqa otamning ham xotira turniri ekanligini eshitib, juda xursand bo‘lganman. O‘sha turnirda Movsar Yusupov chempionlik jangida kamarini himoya qilishi kerak edi. Afsuski, uning raqibi jangga kela olmasligini bildirdi va rejalar o‘zgartirildi.

    Ramzan Qodirov, Checheniston prezidenti

    Ramzan Qodirov O‘zbekiston haqida yaxshi tasavvurga ega ekanligi haqida aytib, agar hukumatning taklifi bo‘lsa, unga albatta tashrif buyurishini ma’lum qilgan.
    O‘zbekiston haqida to‘rt yoshimdan buyon tasavvurga egaman. Chunki otam Axmadhoji Qodirov yurtingizda ta’lim olgan. O‘zbek xalqining tarixi va milliy qadriyatlaridan xabardorman. Ulardagi mehmondo‘stlik, samimiylik va pazandachilik haqida yaxshi bilaman. Samarqand, Buxoro shaharlarining ta’rifini ko‘p eshitganman. Demak, O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun menda yetarlicha sabab bor. Agar xukumat tomonidan taklif bo‘lsa, buni xursandchilik bilan qabul qilgan va albatta, mehmonga brogan bo‘lardim.

    Ramzan Qodirov, Checheniston prezidenti

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Suhbat davomida Ramzan Qodirov qolgan sportchilarga hurmatni saqlagani holda, o‘zi eng kuchli deb bilganlarni nomma-nom sanab o‘tmagan. Shuningdek, o‘zbek milliy kurashi haqida yetarlicha bilishini, o‘zbek jang san’ati haqida esa u qadar ko‘p bilmasligini aytib o‘tgan. Agar O‘zbekiston tomonidan taklif bo‘lsa, bu turlarni Chechenistonda rivojlantirish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor ekani haqida aytgan.

    Menda bu yurtga, bu xalqqa nisbatan muhabbat bor. Bu allomalar yurti, otamning ustozlari yurti. Shunday ekan, o‘zbek xalqiga doimo tinchlik, xotirjamik tilayman. Har bir sohada muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

    Ramzan Qodirov, Checheniston prezidenti

    04.10.2017, 11:24   Izoh (0)   152714
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Barselona”ga referendum sabab Ispaniya chempionati o‘yinini qoldirishga ruxsat berilmadi. U “Las-Palmas”ga qarshi muxlislarsiz o‘ynaydi

    01.10.2017, 19:33

    “Barselona”ning “Las-Palmas”ga qarshi o‘yini Kataloniyadagi to‘qnashuvlar sabab qoldirildi

    01.10.2017, 18:34

    Fransiyadagi futbol uchrashuvi vaqtida 100 nafar muxlis tribunadan quladi. 29 kishi jarohatlandi (video)

    01.10.2017, 14:02

    Kataloniya mustaqillikka erishsa, FIFA Ispaniyani JCh—2018 dan chetlatishi mumkin

    01.10.2017, 13:17

    Jahonning eng qimmat futbolchisi qanday hayot kechirmoqda? Braziliyalik Neymar Parijga ko‘chib o‘tganiga bir yarim oy bo‘ldi

    27.09.2017, 19:35

    Foto: Istanbul derbisida burchak zarbalarini amalga oshirish — juda xavfli

    26.09.2017, 17:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” futbolchisi o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda

    Sport | 19 iyul, 20:15

    Tramp steyblkoinni dollar bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

    Dunyo | 19 iyul, 20:12

    G‘azoda binolarning 88 foizdan ortig‘i Isroil tomonidan vayron qilingan

    Dunyo | 19 iyul, 19:40

    Maduro Salvador prezidentini deportatsiya qilingan venesuelaliklarni qiynoqqa solishda aybladi

    Dunyo | 19 iyul, 19:10

    Isroil va Suriya o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

    Dunyo | 19 iyul, 18:45

    Sun’iy yo‘l notekisliklari xavfsizlikni ko‘zlab o‘rnatilganmi yoki muammo tug‘dirish uchun?

    O‘zbekiston | 19 iyul, 18:13

    “Liverpul” Bundesligada o‘ynaydigan hujumchi uchun 100 mln yevro sarflashi mumkin

    Sport | 19 iyul, 18:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.