Iroq armiyasi IShID jangarilari nazorati ostidagi al-Havija shahri markaziga hujumlarni boshladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadiy Kirkuk viloyatida joylashgan shaharni ozod qilish operatsiyasi boshlanganini sentabr oyining oxirida e’lon qilgan edi.
“Tez ta’sir kuchlari al-Havija markazini qamalga oldi. Xavfsizlik kuchlarining turli otryadlari shaharda harakatlanib, uning tumanlarini tozalamoqda”, — ma’lum qilinadi rasmiy xabarnomada.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)