Turkiyaning Mug‘la viloyati sudi 2016-yil iyulidagi to‘ntarish paytida mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga suiqasd uyushtirgan 31 kishiga umrbod qamoq jazosini belgiladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ularning ishi bo‘yicha sud eshituvi mart oyidan buyon davom etayotgan edi. Ish bo‘yicha muxolif siyosatchi Fathulloh Gulenga tarafdorlikda gumon qilinayotgan 47 kishi javobgarlikka tortilgan edi. Ulardan uch nafari qidiruvga berilgan.
Ro‘yxatda birinchi bo‘lib Gulenning o‘zi ko‘rsatilgan. Ayni paytda u AQShning Pensilvaniya shtatida yashab kelmoqda.
15-iyulga o‘tar oqshomda to‘ntarish boshlangan chog‘da Erdo‘g‘on Marmaris shahridagi mehmonxonada turgan edi. Prezident mehmonxonani tark etishi bilan u yerga hujum uyushtirildi. Hujumni bartaraf qilish chog‘ida ikki politsiyachi halok bo‘ldi.
Izoh (0)