23-sentabr kuni Tayvanning Taychjun shahrida istiqomat qiluvchi qiz 64 Gb li tillarang iPhone 8 Plus smartfonini sotib olgandi. Smartfon to‘rt kun davomida yaxshi ishladi, ammo oxirgi quvvatlantirish chog‘ida uning korpusi ayrilib ketdi. Bu voqea haqida Meduza yozadi.
Ismi keltirilmayotgan qiz quvvatlantirishda original uskunadan foydalanganin uqtirmoqda. Smartfonni rozetkaga ulashdan oldin akkumulyatorning quvvat darajasi 70 foizni tashkil etgan. Uch daqiqadan so‘ng telefon korpusi yorilib ketgan: iPhone 8 Plus’ning old paneli orqasidan ajralib qolgan, buning oqibatida 0,5 santimetrlik tirqish hosil bo‘lgan.
Jabrlanuvchining so‘zlariga qaraganda, u Apple texnikasidan iPhone 4 chiqqanidan buyon foydalanib keladi va ilgari bunday muammoga duch kelmagan. Yangi iPhone 8 Plus telefon operatoridan sotib olingan edi.
Zararlangan uskuna ishlab chiqargan zavodga yuborildi. Apple uni tahlildan o‘tkazishi kutilmoqda.
Izoh (0)