Kongo demokratik respublikasi poytaxtining tumanlaridan biri harbiy-transport samolyoti quladi. Buning oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Voqea Kinshasada 30-sentabr ertalabki soatlarda ro‘y berdi. Jorj Tabora nomidagi xalqaro aeroport vakilining so‘zlariga qaraganda, havo kemasi bortida o‘n kishi bor edi.
Yerda turganlardan hech kim halok bo‘lmadi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokatga texnik nosozlik sabab bo‘lgan.
Izoh (0)