Xitoylik tadqiqotchilar dunyo bo‘yicha ilk bor embrionlar ustida “kimyoviy jarrohlik” o‘tkazganligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Olimlar beta-talassemiya — gemoglabin sintezi buziluvchi xastalikni davolash uchun genomni kimyoviy tahrirlashni qo‘lladi. Operatsiya laboratoriyada sintez qilingan embrionlarda o‘tkazilganligi ta’kidlanmoqda.
Tadqiqotchilar DNKning tayanch asoslari — adenin, guanin, sitozin yoki timinni boshqasiga almashtirish imkonini beruvchi “asosni tahrirlash” texnologiyasini qo‘lladi.
“Biz birinchi bo‘lib inson embrionidagi xastalikni asosni tahrirlash yordamida davolash imkoniyatini namoyish qildik”, — deydi olimlardan biri jurnalistlarga.
Izoh (0)