2016-yilning sentabr oyi oxirida Lyuksemburg fond birjasi tomonidan tashkil etilgan Lyuksemburg “yashil” birjasi (LGX) o‘tgan yilgi ish faoliyati haqida hisobot berdi. Ushbu birja ekologiya va atrof-muhitni himoya qilishga investitsiya kirituvchi kompaniyalarni joylashtirish uchun dunyodagi birinchi platforma hisoblanadi, deb yozadi “Kommersant”.
O‘tgan 12 oy ichida LGX’ga 63 milliard summaga teng obligatsiyalar joylangan.
Moliyalashtirish bo‘limi rahbari Jeyn Uilkinsonning so‘zlariga qaraganda, bu birja tashkil etilishida kutilganidan ancha ko‘p. Uilkinson LGX har kuni “yashil” obligatsiyalar chiqarish istagida bo‘lgan manfaatdor tomonlar, jumladan vazirlik va yuridik firmalardan ikki-uchta so‘rovnoma olayotganligini ma’lum qildi.
“Yashil” obligatsiyalar jahon bozoridagi hajmi o‘tgan yili 95 milliard dollarga yetgan, joriy yil yakuniga ko‘ra 130 milliard dollarga yetishi mumkin.
Izoh (0)