IShID terrorchi guruhining uch oliy martabali yetakchisi Suriyada yo‘q qilindi. Bu haqda AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya vakillari ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Zarbalar 12–14-sentabr kunlari amalga oshirildi.
“Koalitsiya kuchlari 12–14-sentabr kunlari al-Mayadinda IShIDning uch nafar oliy martabali yetakchisini yo‘q qildi”, — ddeyiladi xabarnomada.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)