28-sentabr kuni Toshkent shahriga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjenkova boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Delegatsiya tashrif dasturidan Oliy Majlis Senati, tashqi ishlar, moliya, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirliklari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasidagi uchrashuvlar va muzokaralar o‘rin olgan.
Delegatsiya, shuningdek, Navoiy shahriga tashrif buyurib, u yerda “Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kichik va o‘rta biznes subyektlari bilan hamkorlik mexanizmlari” trening-seminarida ishtirok etadi.
Izoh (0)