Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Tailand sobiq bosh vaziri Yinglak Chinavat o‘z mamlakatida besh yilga ozodlikdan mahrum etilishga sirtdan hukm qilingach, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga qochib ketdi. Bu haqda bosh vazir Prayut Chan-Ocha brifing chog‘ida jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Endi politsiya o‘z harakatlarini tashqi ishlar vazirligi va Interpol bilan muvofiqlashtiradi”, — dedi Tailand hukumati rahbari. “U Dubayda”, — deya tasdiqladi u.

Tailand Oliy sudi 27-sentabr, chorshanba kuni sobiq bosh vazir Chinavatni qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilaridan garovga guruch sotib olish davlat dasturini amalga oshirishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yganlikda sirtdan aybdor deb topdi. Tailandning yangi konstitutsiyasiga muvofiq, Chinavat ushbu hukm ustidan 30 kun ichida shikoyat arizasi berish huquqiga ega.

Chinavatning “guruch ishi” bo‘yicha qaror 25-avgustdayoq chiqarilishi kerak edi, ammo bir kun avval siyosatchi mamlakatdan yashirincha chiqib ketib, avtomobilda Kambodjaga bordi, so‘ng akasi Taksin Chinavat yashaydigan BAAga yo‘l oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov