Italiya shimolida politsiya Kalabriyaning Ndrangeta mafiyasi a’zolarini katta ko‘lamli qurshovga oldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
24 kishi, xususan, Ndrangeta bilan yaqin aloqasi borligi gumon qilinayotgan oliy mansabli amaldor va yirik biznesmen qo‘lga olindi.
Politsiya mafiozi guruhining Lombardiya hududida biznes va siyosatga kirib borishini tekshirmoqda. Ayblovlar orasida tovlamachilik va narkotiklarning noqonuniy aylanmasi bor. Qo‘lga olinganlarning 21 nafarini qamab qo‘yishdi, uch nafarini esa uy qamog‘iga mahkum qilishdi, ular orasida Seregno shahri meri Edoardo Matssa ham bor.
Izoh (0)