Facebook ijtimoiy tarmog‘i Germaniyadagi saylovoldi kampaniyasi chog‘ida soxta yangiliklarga qarshi kurash doirasida o‘n minglab qalbaki akkauntlar o‘chirib tashlanganini ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
“Bu saylovlar chog‘ida yolg‘on xabarlar chiqishi ehtimolini to‘liq bartaraf qilmagan bo‘lsa-da, soxta yangiliklar tarqalishini qiyinlashtirib qo‘ydi”, — dedi kompaniya.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarga sarlavhalarga shubha bilan munosabatda bo‘lishga, sanalar va veb-manzillarni tekshirib ko‘rishga, mavzu bo‘yicha boshqa xabarlarni va asl manbalarni qidirib ko‘rishga chaqirmoqda.
Izoh (0)