Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida 20-sentabr kuni gaz chaqnashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, G‘uzor tumanida fuqaro R.P. gaz hidini sezmay oshxonaga kirgan va gugurt yoqqan vaqtida xonaga to‘plangan gaz va havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.
Natijada yong‘in chiqib, oshxona oldida joylashgan somonxonaning 49 kvadrat metr maydonda tom qismi va hashak yongan.
“Chaqnash natijasida uy egasi R.P. va uning kelini kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, uy egasi R.P. shifoxonada vafot etgan”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Izoh (0)