26-sentabr kuni Toshkentda Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri Artyom Novikovning O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Qirg‘iziston iqtisodiyot vazirligi matbuot xizmati.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning amaliy jihatlarini muhokama qildi, yaqin istiqboldagi qirg‘iz-o‘zbek aloqalari bo‘yicha fikr almashdi.
Tomonlar Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyevning O‘zbekistonga bo‘lg‘usi davlat tashrifi doirasida Toshkentda qirg‘iz-o‘zbek biznes-forumi va ikki mamlakat mahsulot ishlab chiqaruvchilari ko‘rgazmasini o‘tkazish masalalarini muhokama qildi.
Bundan tashqari, tomonlar qo‘shma korxonalar tuzish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni muhokama qildi.
Izoh (0)