O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi sahifasiga rasmiy status berildi. Bu haqda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbari Sherzod Shermatov ma’lum qildi.
“Facebook vakillari uchrashuv vaqtida bergan va’dalari ustidan chiqmoqda. Mana, bugundan boshlab Prezidentning Facebook’dagi sahifasi kompaniya tomonidan tekshirilib, unga rasmiy status (ko‘k rangdagi belgi) berildi”, — deb yozadi Shermatov.
Vazirlik rahbarining ta’kidlashicha, bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning faoliyatiga doir axborotlarni yanada kengroq ommaga tarqatishga imkoniyat beradi, uni turli boshqa norasmiy akkauntlardan farqlab, qidiruv jarayonlarida birinchi qilib ko‘rsatadi.
Izoh (0)