JPMorgan Chase banki American Airlines kompaniyasining marhum top-menejeriga tegishli boylikni noto‘g‘ri tasarruf qilgani uchun uning merosxo‘ri bo‘lgan bevasi va ikki bolasiga 4 milliard dollardan 8 milliard dollargacha tovon to‘laydi. Bu haqdagi hukmni Dallas sudi chiqardi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Dallas News nashriga ko‘ra, qaror apellyatsiya tufayli bekor qilinadi yoki tovon miqdori sezilarli darajada tushiriladi.
Maks Xopper o‘limidan so‘ng vasiyat qoldirmagan edi. Uning rafiqasi Jo Xopper va bolalari 2010-yili JPMorgan bankini marhumning 19 million dolllarlik boyligini merosxo‘rlar orasida taqsimlab berish uchun yollagan edi.
Bank marhumning san’at asarlari kolleksiyasi, mebel, zargarlik buyumlari, 6,7 ming golf klyushkalari va 900 shisha vino kabilardan iborat merosini taqsimlab berishga bir necha yil sarfladi. Bundan tashqari, ish ortga surilishi oqibatida aksiya opsionlari tugadi, bank xodimlari esa Jo Xopperning u yoki bu aksiyalarni sotish iltimoslarini bajarmadi.
Hakamlar hay’ati bankni bu ishda qalloblikka qo‘l urgan va 5 million dollar miqdorida real zarar keltirgan deb topdi. Ilgariroq AQSh oliy sudi jarima sanksiyalari real zarardan bu qadar farq qilishi mumkin emasligini belgilagan edi. Shu munosabat bilan huquqshunoslar JPMorgan’da tovon miqdorini sezilarli darajada tushirish imkoniyati borligini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)