Kanadalik fuqaro Jordan Kote o‘zining hovlisida sayr qilib yurgan ayiqlar oilasini payqab qoldi va ulardan hududni tark etishlarini xushmuomalalik bilan iltimos qildi, deb xabar berdi TJournal.
Jordan itini uyga chaqirib olgan va ayiqlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatini tasvirga olgan.
Yigitlar, men bu yerdan ketishlaringni istayman. Mening hovlim sizlarga ma’qul bo‘ldi degan umiddaman. Ammo iltimos, ketinglar. Kuningiz xayrli bo‘lsin. Ko‘rishguncha.Jordan Kote
Shundan so‘ng ayiqlar indamasdan ortlariga burilib Jordanning hovlisidan chiqib ketishdi.
Izoh (0)