Iroq Kurdistonining Referendum va saylovlar bo‘yicha oliy mustaqil komissiyasi muxtoriyatning mustaqilligi bo‘yicha referendum amalga oshgan deb hisoblanishini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ilgariroq xabar qilinganidek, uchastkaga kelgan 3,3 million saylovchining 92,73 foizi mustaqillikni yoqlab chiqqan. Saylovchilar davomati 72 foizni tashkil qilgan.
Shu tariqa, 2,8 million saylovchi mustaqillikni yoqlab ovoz bergan.
Qarshi fikr bildirganlar 7,2 foizni yoki 224 ming kishini tashkil etdi.
“Kurdistonning barcha qismlarida ishladik. Jarayon juda muvaffaqiyatli o‘tdi. Ko‘plab xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etdi. Referendum qoidabuzarliklarsiz o‘tdi", — dedi komissiya vakili brifing chog‘ida.
Izoh (0)