Xaqlaro jinoiy politsiya tashkiloti (Interpol) ikki yangi ishtirokchi — Falastin va Solomon orollari uning strukturalariga qo‘shilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Falastin va Solomon orollariga tashkilot a’zolari maqomini berish qarori Interpolning Pekindagi Bosh Assambleyasida qabul qilindi.Falastinning qo‘shilishini yoqlab tashkilotga a’zo davlatlarning 75 foizi ovoz berdi.
Falastinning qo‘shilish istagi ifodalangan so‘rovnoma Bosh Assambleyaning Indoneziyada o‘tgan ilgarigi sessiyasida ko‘rib chiqilgan, ammo tashkilot a’zolari ovoz berishni qoldirishga qaror qilgan edi.