AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis va NATO bosh kotibi Yens Stoltengberg e’lon qilinmagan tashrif bilan Kobulga keldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
CNN telekanaliga ko‘ra, bu Mettisning AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistonga oid yangi strategiyani e’lon qilganidan beri Kobulga birinchi kelishidir.
Tramp avgustda Afg‘onistondagi AQSh kontingenti 14 ming harbiy xizmatchigacha ko‘paytirilishini e’lon qilgandi. 31-avgust kuni esa Jeyms Mettis Afg‘onistonga qo‘shimcha qo‘shinlar jo‘natish haqidagi hujjatni imzoladi.
Izoh (0)