Myanmada istiqomat qiluvchi roxinja musulmonlarining 700–800 ming nafari qo‘shni Bangladeshga qochib ketdi. Bu haqda BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
“Bu favqulodda holat... Bu qadar ko‘p odamning mol-mulki bu darajada kam bo‘lishini hech ham ko‘rmagan ekanman, ular hamma narsaga muhtoj”, — dedi u jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida.
Oldinroq BMT Bolalar jamg‘armasi (YuNISЕF) roxinja musulmonlari oqimi kattaligi munosabati bilan Bangladeshda birinchi ehtiyoj mollari taqchilligi kuzatilayotganini bildirib o‘tgan edi. YuNISЕF jahon hamjamiyatidan qochqinlarga yordam ko‘rsatish uchun 7,2 million dollar to‘plab berishni so‘radi.
Izoh (0)