Kiyev rasmiylari Ukrainaning Yevropa tarkibidagi kelajagi haqida unutsa ham bo‘ladi. Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto shunday bayonot bilan chiqdi. Uning bayonoti idora saytida chop etildi.
“Vengriya barcha xalqaro tashkilotlar, ayniqsa Yevroittifoqda Ukraina uchun manfaatli barcha tashabbuslarga to‘sqinlik qiladi”, — ma’lum qildi Siyyarto.
Bu Vengriya TIVning Ukrainada ta’limni ukrainlashtirish haqidagi qaroriga javobi bo‘ldi.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko yaqinda ta’lim to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, mamlakatda ukrain tilidan boshqa tilda ta’lim berish amalda taqiqlanadi.
Vengriya tashqish ishlar vaziri bu qonunning oqibatlari Ukraina uchun og‘ir bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)