Qibray tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan bola sotish holatining oldi olindi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati prokuraturasi.
Xabar berishlaricha, bir guruh fuqarolar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etib, Qibray tumanida yashovchi ayol o‘z farzandini begona shaxslarga 1000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lib yurganini bildirgan.
Xabarga asosan mazkur holatning oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazilgan va tumanda yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan M.Ismoilova 2017-yilning iyun oyida tug‘ilgan, uch oylik o‘g‘lini 500 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtda ushlangan.
“Hozirgi vaqtda jinoyat sodir etilishi sabablari aniqlanmoqda. Holat yuzasidan “odam savdosi” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, — deyiladi prokuratura axborotida.
Izoh (0)