Joriy yilning 24-sentabr kuni haj ziyoratini ado etish uchun jo‘nab ketgan ziyoratchilarning oxirgi guruhi O‘zbekistonga yetib keldi, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati.
Ularni Toshkent xalqaro aeroportida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddi xodimlari kutib oldi.
Joriy mavsumda o‘zbekistonlik ziyoratchilarga tajribali ishchi guruhi, shifokorlar hamda guruh rahbarlari tomonidan yuqori saviyada xizmat ko‘rsatildi.
Oxirgi reys kelishi bilan “Haj—2017” mavsumi muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu mavsumda O‘zbekistondan jami 7350 nafar fuqaro haj ziyoratiga jo‘natildi.
Bu yilgi haj mavsumida 72 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi haj ibodatini ado etib qaytdi.
Izoh (0)