London metropolitenining “Tauer xill” bekatida portlash ro‘y berdi. Portlash kuchsiz bo‘lsa ham, yo‘lovchilar orasida sarosima keltirib chiqardi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Britaniya transport politsiyasi bayonotiga ko‘ra, vagonda mobil telefonni quvvatlantirish uskunasi qizib ketib, portlagan, buning oqibatida boshlangan sarosimada besh kishi, shu jumladan, ayollar va bolalar jabrlangan.
Politsiyachilar portlash hech qanday gumon keltirib chiqarmaganini ma’lum qildi, shunga qaramay, bekatda evakuatsiya o‘tkazildi.
15-sentabr kuni London metrosining “Parsons grin” bekatida ro‘y bergan portlash oqibatida 29 kishi jarohat olgan edi. Shu paytgacha portlashda gumondor yetti kishi ushlandi.
Izoh (0)