Kataloniyaning mustaqilligi bo‘yicha referendum haqida axborot joylashtirilgan 140 dan ortiq sayt bloklandi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Saytlarni bloklash hukmini Kataloniya oliy sudi chiqardi.
Bloklangan ko‘plab saytlar ichida muxtoriyat parlamenti — Kataloniya milliy assambleyasi sayti (“Assemblea.cat”) ham bor.
Kataloniya parlamenti saytiga ayni paytda “Assemblea.eu” saytiga qayta yo‘llash yoqib qo‘yilgan. Bu manzil bloklanmagan.
Izoh (0)