Iroqda terrorchilikda aybdor deb topilgan 42 nafar jangari qatl etildi. Osib o‘ldirish yo‘li bilan qatl qilish jazosi bir kunda — 24-sentabr kuni amalga oshirildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ommaviy qatl an-Nosiriya shahri qamoqxonasida bo‘lib o‘tdi. Jazo ijrosini ko‘rishga terrorchilarning qarindoshlari kiritildi. Qatl qilinganlarning barchasi sunniy musulmonlar edi.
Amnesty International huquq himoya qiluvchi tashkiloti Iroq rasmiylarining bu ishini tanqid ostiga oldi.
“Iroq hukumati qatllar terrorchilikka javob bo‘lmasligini va fuqarolarning mamlakatdagi hayotini xavfsizroq qilmasligini tushunishi lozim”, — deyiladi tashkilot bayonotida.
Izoh (0)