Efiopiya rasmiylari sentabr oyining boshidan buyon mamlakatda etnik nizolar oqibatida kelib chiqqan to‘qnashuvlar yuzlab odamlarning o‘limiga olib kelganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Aytishimiz mumkinki, oromo elatining yuzlab vakillari o‘ldirildi. Shuningdek, somali elati vakillaridan ham qurbonlari bor. Halok bo‘lganlarning aniq sonini bilmaymiz, hozir bu taftish qilinmoqda”, — dedi hukumat vakili Negeri Lencho.
Ixtilofga bahsli yerlar sabab bo‘ldi. Ikki elat vakillari ham bir hududdagi ekin yerlariga da’vo qilmoqda.
Izoh (0)