Usti yopiq inshootlardagi Osiyo O‘yinlarida stritbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi kumush medalga sazovor bo‘ldi. MOQ matbuot xizmati buni sensatsiya deb atadi.
O‘zbekistonda basketbol sport turi juda sekinlik bilan rivoj topayotgani ko‘pchilikka ma’lum. Bu borada sportchilar xalqaro musobaqalarda sovrinli o‘rinlar uchun da’vogarlik qila olmaydi. Stritbol esa basketbolning bir qismi.
1950-yillarda AQShda mashhurlikka erishgan stritbol olimpiya o‘yinlari tasnifiga kiritildi. Ya’ni, Tokio—2020 da stritbolda ham medallar yutib olish imkoniyati bo‘ladi.
Mazkur sport turida jamoalar 3 nafardan sportchi bilan ishtirok etadi. Bunda basketbol kabi savatlar 2 ta emas, balki 1 tani tashkil qiladi. Ya’ni, jamoalar faqat 1 ta savatchaga hujum qiladi. 10 daqiqa davom etadigan mazkur sport turida ochkolar farqi 10 taga yetsa, o‘yin shu ondayoq to‘xtaydi. Yo‘qsa, to‘liq davom etadi.
Izoh (0)