Iroq yadro davlatlarini yadro reaktori yaratishga ko‘mak berishga chaqirdi. Bu haqda BMT Bosh Assambleyasida mamlakat TIV rahbari Ibrohim al-Jaafariy ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
“Iroq ushbu minbardan dunyoning yadro davlatlarini tinch maqsadlarda foydalanish uchun yadro reaktori yaratish, shuningdek, atom energiyasini qo‘llash texnologiyalarini xarid qilishga ko‘mak berishga chaqiradi”, — dedi Iroq vaziri.
“Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi kelishuv noyadroviy mamlakatlar atom energiyasini tinch maqsadlarda qo‘llash, ushbu sohada diskrimantsiya tahdidisiz tadqiqotlar o‘tkazish huquqiga ega ekanligi haqida so‘z yuritiladi”, — deydi janob al-Jaafariy.
Izoh (0)