Turkiya rasmiylari shu oyning oxiriga qadar Suriya chegarasi bo‘ylab qad ko‘tarajak beton devor qurilishini tugatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, Anadolu agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Quruvchilar yana 97 kilometrlik hududda ishlarni tugatishi kutilmoqda. Reja bo‘yicha devor uzunligi 828 kilometrni tashkil etishi lozim. Hozirda ish Xatay viloyatining janubiy qismida, tog‘li hududlarda amalga oshirilmoqda.
Chegara to‘sig‘ini yaratish loyihasi “Chegara jismoniy xavfsizligini ta’minlovchi favqulodda tizim” deb ataladi. U 2016-yili boshlangan edi.
Izoh (0)