AQSh davlat kotibi Reks Tillerson 22-sentabr, juma kuni iste’foga chiqishi mumkinligi haqidagi xabarlarni izohlab o‘tdi. Bu haqda u ABC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Bizda davlat kotibi bor, va u mansabida qolishni rejalashtirmoqda”, — dedi Tillerson.
Ilgari AQSh matbuotida Tillerson yil oxirigacha iste’foga chiqishi, uning o‘rnini AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli egallashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Izoh (0)