O‘zbekiston Oliy Ligasining 22-turiga kelib “Paxtakor” Toshkent derbisini o‘z foydasiga hal qildi.
“Sherlar” Shota Arveladze jamoani qabul qilib olganidan keyingi ilk jiddiy sinovga duch keldi. Ularni amaldagi chempion, ayni vaqtdagi peshqadam o‘z maydonida kutib turgandi. Bellashuv taqdirini chernogoriyalik himoyachi Marko Simichning yagona goli hal qildi. Uning bosh bilan yo‘llagan zarbasini Ignatiy Nesterov qaytara olmadi.
Mehmonlar posboni Aleksandr Lobanovning hatti-harakatlarini esa alohida e’tirof etish kerak. Aynan uning mahorati va seyvlari “Paxtakor”ga derbida 3 ochko taqdim etdi. “Lokomotiv” bir tur avval Qarshida “Nasaf”ga ham imkoniyatni boy bergandi — 0:2.
Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi “Bunyodkor” esa Samarqandda “Dinamo”ni taslim qildi — 2:0. Bunda ham jamoasi joniga himoyachi oro kirdi — Rustam Ashurmatov.
Mazkur bellashuvdan keyin samarqandlik futbolchilarning golsiz seriyasi 9 ta o‘yinga yetdi. Klub so‘nggi bor Farg‘onada “Neftchi” postiga gol urgan bo‘lib, shundan keyin raqiblari darvozasiga yo‘l topa olmayapti. Bu deyarli 14 soatni tashkil qilib ulgurdi.
22-tur vaqtida Toshkentning ikki grandi kuchli uchlikka kirib oldi. G‘uzorda kechgan kunning so‘nggi o‘yinida esa jangovor durang qayd etildi.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 22-tur bellashuvlari 21-sentabr, payshanba
“Dinamo” — “Bunyodkor” 0:2
Gollar: Rustam Ashurmatov, 3 (0:1). Rustam Ashurmatov, 48 (0:2).“Lokomotiv” — “Paxtakor” 0:1
Gol: Marko Simich, 82 (0:1).“Sho‘rtan” — “Navbahor” 3:3
Gollar: Ro‘zimboy Ahmedov, 22 (0:1). Igor Taran, 28 (1:1). Laziz Ubaydullayev, 45 (2:1). Jasur Xolto‘rayev, 53 (3:1). G‘iyos Komilov, 63 (3:2). Ro‘zimboy Ahmedov, 86 (3:3).22-sentabr, juma“Obod” — “Nasaf” — 16:00“Metallurg” — “Qo‘qon—1912” — 16:00“Neftchi” — “So‘g‘diyona” — 17:00“Mash’al” — “Buxoro” — 17:30“Qizilqum” — “Olmaliq” — 18:30
Izoh (0)