Parijning asosiy tarixiy obidasi — Eyfel minorasi ekskursiyalar uchun ochilgan 1889-yildan buyon osori atiqani ko‘rishga jami 300 million kishi tashrif buyurdi. Bu haqda turistik obyektga xizmat ko‘rsatuvchi SETE kompaniyasi bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
Shu munosabat bilan 28-sentabr kuni Eyfel minorasi yonida bayram tadbirlari uyushtirilishi rejalashtirilgan. Unda musiqachilar ishtirok etadi, shuningdek, yog‘dular shousi tashkil etiladi.
Barcha tashrifchilarga obida oldida suratga tushish tavsiya etildi. Bu suratlar keyinchalik maxsus devorda “300 million marta rahmat” yozuvi shaklida joylashtiriladi.
Izoh (0)