Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi chog‘ida mamlakatga kela boshlagan AQSh armiyasining yangi guruhlari “Tolibon” radikal guruhiga qarshi kurashdagi vaziyatni o‘nglaganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Shu qaror qabul qilinganidan buyon joylardagi vaziyat jiddiy o‘zgardi... yer bilan osmonchalik”, — dedi G‘ani AQSh prezidenti bilan Nyu-Yorkda o‘tgan uchrashuvda.
“G‘alaba, xoh siyosiy, xoh harbiy bo‘lsin, amalga oshadigan bo‘lib turibdi”, — qo‘shimcha qildi u.
Afg‘oniston rahbari Trampni mamlakat xavfsizlik kuchlari toliblarga qarshi kurash mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishiga ishontirdi.
O‘z navbatida, AQSh prezidenti Ashraf G‘aniga amalga oshirilgan ishlar uchun minnatdorlik bildirdi.
Izoh (0)