Ashxobodda o‘tayotgan usti yopiq inshootlardagi Osiyo O‘yinlarida O‘zbekiston futzal terma jamoasi o‘zining ikkinchi g‘alabasiga ega chiqdi.
Maldivga qarshi zalga chiqqan Bahodir Ahmedov boshqaruvidagi jamoa 9:1 hisobida zafar quchdi. Bungacha o‘zbekistonliklar ilk turda BAA ustidan 5:1 hisobida g‘alaba qozongandi.
Bugun — 20-sentabr kuni hisob bo‘yicha uchinchi bellashuv Afg‘onistonga qarshi bo‘lib o‘tadi. Afg‘onistonlik futzalchilar bungacha Xitoy va Maldiv ustidan bir xilda — 6:1 hisoblarida ustun kelgandi.
Ashxobod—2017 Guruh bosqichi. 2-tur 18-sentabr, dushanba
Izoh (0)