Facebook ijtimoiy tarmog‘i Kuba Davlat kengashi va Vazirlar kengashi raisi Raul Kastroning qizi Mariela Kastroning profilini vaqtinchalik bloklab qo‘ydi. Bu haqda 18-sentabr, dushanba kuni Cubadebate portali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Mariela Kastroning sentabr oyi boshida Kubaga yopirilgan “Irma” to‘fonidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun ochilgan bank hisobi raqamlarini joylashtirgani akkauntni muzlatib qo‘yishga sabab bo‘ldi. Bu hisob bir necha kun avval Kuba TIV tomonidan ochilgan edi.
Portalning ta’kidlashicha, Kastro go‘yoki ijtimoiy tarmoq qoidalarini buzganligi uchun profil 24 soatga bloklab qo‘yilgan. Hisob raqamlari joylangan e’lon o‘chirib tashlangan.
“Endi Facebook Kubaning barcha OAVlarini bloklaydimi?” — deb yozdi Kuba yetakchisining qizi Twitter’dagi sahifasida va The Juventud Rebelde gazetasining hisob raqami ochilganligi haqidagi maqolasiga havola joyladi.
Izoh (0)