Turkiya huquq-tartibot idoralari vakillari mamlakat hududida bitkoin kriptovalyutasi uchun birinchi qotillikni sodir etganlikda gumonlanayotgan to‘rt kishin hibsga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, uch kun muqaddam 22 yoshli Shukri Mart Ersoyning tanasi Antalya viloyati Serik tumanida mashina ichida topilgan. Tergov qotillar qurbonning telefoni blokini uning barmoq izlari yordamida ochib, uskunadagi bitkoin tizimiga kirishga uringanini aniqladi. Ammo ular buning uddasidan chiqa olmagan.
Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)