Nigeriyada amalga oshirilgan terakt oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, 43 kishi jarohatlandi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Voqea ko‘chgan shaxslar lagerlaridan birida 18-sentabr kuni ro‘y berdi.
Borno shtatidagi Mashalari qishlog‘ida dastlabki ikki portlash amalga oshirildi.
Undan so‘ng bir ayol ham o‘zini havoga uchirdi, ammo bu hujum natijasida hech kim zarar ko‘rmadi.
Voqea taftish qilinmoqda.
Izoh (0)