Qorabog‘ mojarosini bartaraf qilish doirasida Armaniston Ozarbayjon bilan Qorabog‘ uchun tahdid solmaydigan hududlarni qaytarish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Armaniston tashqi ishlar vaziri Edvard Nalbandyan bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
“Hududlar qaytarilishi haqida gapirarkanmiz, gap Qoraboqqa, ixtilofning baratarf etilishiga tahdid solmaydigan hududlarning qaytarilishi haqida ketyapti”, — dedi Nalbandyan, Yerevanda o‘tayotgan “Armaniston–Diaspora” oltinchi butunarman forumi ishtirokchilarining savollariga javob berarkan.
“Boshqa tafsilotlarni xabar qila olmayman, aks holda muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanadi”, — qo‘shimcha qildi vazir.
Ilgari Armaniston prezidenti Serj Sargsyan shu forumdagi chiqishi chog‘ida Qorabog‘ ixtilofining yakunlanishi inson huquqlarining himoya qilinishi hamda xalqaro huquq me’yorlariga rioya etilishiga bog‘liqligini ta’kidlab o‘tgan edi.
Izoh (0)