Yamanning Toiz viloyatida 15-sentabr kuni aholi yashaydigan tumanlar o‘qqa tutilishi oqibatida uch bola halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xalqaro qizil xoch qo‘mitasi bu voqeaga izoh berarkan, ixtilof tomonlarini tinch fuqarolarni hamda fuqarolik obyektlarini himoya qilish uchun barcha choralarni ko‘rishga chaqirdi.
Gumanitar tashkilot xabarida aytilishicha, hujum chog‘ida uch bola halok bo‘lgan, o‘n kishi jiddiy yaralangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Shab al-Dubba va Suk as-Samil tumanlari artilleriyadan o‘qqa tutilgan. Ikki bola futbol o‘ynayotganida o‘ldirilgan.
Izoh (0)