Eron yadroviy dasturi bo‘yicha qo‘shma umumqamrovli reja faqat rasmiy Tehronga manfaat keltiradi. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Gerbert Makmaster bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Bu mavjudlari ichida eng yomon kelishuvdir. Men u xalqaro hamjamiyatga ziyon keltirishi haqida gapiryapman. Bunda u eronliklarga so‘zsiz manfaat keltiradi. Majburiy ijro mexanizmlari juda zaif ishlab chiqilgan”, — dedi u.
Siyosatchi kelishuv doirasida Eron amalga oshirayotgan ishlarni jiddiy tekshirish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, u Eron rasmiylarini Yaqin Sharqni beqarorlashtirish, mintaqadagi siyosiy va gumanitar foijani konservatsiyalashda aybladi.
“Ular butun mintaqa bo‘ylab terrorchi guruhlar va o‘z nazoratlari ostidagi isyonchi kuchlardan foydalanib, o‘z manfaatlarini ilgari suradi va qo‘shnilariga tahdid soladi”, — dedi Gerbert Makmaster.
Izoh (0)