Qozog‘iston xalq assambleyasi kotibiyati raisi o‘rinbosari Darxan Minbay Qozog‘iston xalq assambleyasi Ilmiy-ekspert kengashining “Lotinchaga o‘tish — umumiy vazifamiz” mavzusidagi kengaytirilgan majlisini ochdi, deb yozadi KazInform.
U Qozog‘iston xalq assambleyasi qozoq alifbosini lotinchaga o‘girish jarayonida faol ishtirok etishini ta’kidlab o‘tdi.
“Birinchidan, lotincha qozoq alifbosiga o‘tish Qozog‘iston ma’naviy yangilanishining negizi hisoblanadi. Davlat tili jamiyat jipslashuvining asosiy omillaridan biri bo‘lishi lozim. Ikkinchidan, qozoq tili Qozog‘iston lingvistik makonining jahon kommunikatsiyasi va xalqaro iqtisodiyotga qo‘shilishi uchun yangi vositaga aylanadi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning eng yirik 30 ta iqtisodiyotidan 22 ta mamlakat lotinchadan foydalanadi. Yetakchi iqtisodiyotlar 10 tasidan yettitasi”, — deb ta’kidladi Minbay.
Izoh (0)