Bugun — 15-sentabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida 21-tur bellashuvlari start oladi. Juma kunidan faqat 1 ta uchrashuv o‘rin olgan bo‘lib, Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi “Bunyodkor” o‘z maydonida Farg‘onaning “Neftchi” klubini qabul qiladi.
Vadim Abramov boshchiligidagi “Neftchi” turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi. Mutaxassis Neftchini qabul qilib olganiga 9 ta o‘yin bo‘ldi, ammo hozirgacha farg‘onaliklar zafar qucha olmadi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uning shogirdlari “Bunyodkor”ga ham imkoniyatni boy bersa, Vadim Abramov iste’foga chiqarilishi mumkin.
Turning 6 ta uchrashuvi shanba oqshomida bo‘lib o‘tadi. U Olmaliqdagi o‘yin bilan yakuniga yetadi.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 21-tur bellashuvlari 15-sentabr, juma
“Bunyodkor” — “Neftchi” — 18:00
16-sentabr, shanba“Qo‘qon—1912” — “Mash’al” — 16:30“So‘g‘diyona” — “Qizilqum” — 18:00“Buxoro” — “Dinamo” — 18:00“Navbahor” — “Metallurg” — 18:00“Nasaf” — “Lokomotiv” — 18:45“Paxtakor” — “Sho‘rtan” — 19:00
17-sentabr, yakshanba“Olmaliq” — “Obod” — 18:00
Izoh (0)