O‘zbekistonda eReader elektron o‘qish uskunalari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi. Bu kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, mutolaa madaniyatini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan, deb xabar beradi Uz24.
Dastur Prezidentning tegishli qarori bilan 14-sentabr kuni tasdiqlandi.
Aytilishicha, uskunalarning axborot bazasida umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va OTMlarga mo‘ljallangan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, risolalar, o‘quv-metodik, ilmiy-nazariy adabiyotlar joylashtiriladi.
Dasturda, shuningdek, bunday uskunalarni arzon narxlarda xarid qilish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Nihoyat, milliy kutubxona hamda axborot-kutubxona markazlarining yagona bazasi tashkil etiladi. Bu bazadan mamlakatning har qanday axborot-kutubxona muassasasi orqali foydalansa bo‘ladi.
Izoh (0)