Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Okoyada (AQSh, Florida shtati) yashovchi Tiffani Xetfild “Irma” to‘foni tufayli evakuatsiya chog‘ida sotib olgan lotereya chiptasidan 10 ming dollar yutib oldi. Bu haqda Forum Daily xabar bermoqda

Foto: CBS

Foto: CBS

CBS telekanaliga ko‘ra, uch bolaning onasi Floridadan Virjiniyaga yo‘l olayotganida Shimoliy Karolinada qisqa muddatga to‘xtaydi. Hojatxonaga kirib ketgan qizini kutish davomida do‘kondan skretch-lotereya xarid qiladi.

Himoya qoplamasini olgach, 10 ming dollar yutuq chiqqanini anglagan oila a’zolari quvonganidan o‘zini qo‘ygani joy topolmaydi.

Xetfild 12-sentyabr kuni o‘z yutug‘ini oldi. U oilasi bilan Floridaga qaytishga ulgurdi va pullarni to‘fon oqibatida zarar yetgan uyini ta’mirlashga sarflash niyatida. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chegara masalasining yakuniy hal etilishi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi” —  Sadir Japarov 
Dunyo
“Bizga hayvonlardan yomonroq munosabatda bo‘lishadi” — Afg‘onistonlik qiz “Tolibon”ning cheklovlari haqida (video)